Zarar bo‘lgan narsalar

Assalamu alaykum! Ustozlar, oyatmi yoki hadisligini aniq eslolmayapman "Sizlarga barcha ziyon bo‘lgan narsalar harom qilindi" deyilganini eshitgandim. Iltimos shuni yoritib beringlar va sigaret bilan nos qaysi dalil ila harom qilinganligi haqida aytib berinlar iltimos. Gap shundaki bir ilmdan xabari bor aka “bu narsalar harom bo‘lmaydi” dedi. Uni aytishicha xalifa yoki amir “harom” deb hukm chiqarsa keyin harom bo‘larmish. Iltimos savolimga yorug‘lik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://islom.uz/maqola/1350Xalifa yoki amir “harom” deb hukm chiqarsa keyin harom bo‘ladi degan gap noto‘g‘ri gap.1624. No‘’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta, halol ochiq-oydindir. Albatta, harom ochiq-oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir. U (shubhali) narsalarni odamlarning ko‘plari bilmaslar. Bas, kim shubhalardan saqlansa, diyni va obro‘si uchun poklangan bo‘ladi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi. Bu xuddi qo‘riqxona atrofida (hayvon) boqqan cho‘ponga o‘xshaydi. Undan o‘tlab qo‘yishi turgan gap. 
Ogoh bo‘linglar! Albatta, har bir podshohning o‘z qo‘riqxonasi bordir. 
Ogoh bo‘linglar! Albatta, Allohning qo‘riqxonasi Uning harom qilganlaridir. 
Ogoh bo‘linglar! Albatta, jasadda bir parcha go‘sht bordir. Qachon u solih bo‘lsa, jasadning hammasi solih bo‘lur. Qachon u buzuq bo‘lsa, jasadning hammasi buzuq bo‘lur. 
Ogoh bo‘linglar! O‘sha narsa qalbdir», dedilar».(“Hadis va Hayot” kitobidan). 

8 May 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar