Oila qilish hukmi

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar bilmingizni Alloh bundan ham ziyod qilsin. Bir yaqin tanishim qornida 2 oylik homilasi bor ayolga uylanmoqchi. Masala shundaki ayolni homilasi umuman boshqa millat va boshqa dindagi yigitdan ekan. Yaqinim vaziyatni ko‘ra bila turib ayolni or nomusini himoya qilish maqsadida shu qarorga keldi. Albatta bu masalaga dinimizni qonunlari va shariatga amal qilmoqlikni lozim topdik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zinodan homilador ayolga uylanish joiz, yaqinlik qilish harom. Zinodan bo‘lmay eri tayin ayolga eri bilan nikohi bo‘lsa uylanish ham yaqinlik qilish ham harom. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:15 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar