Dadamning namozdagi holati

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, Dadam bir necha yil oldin tasodifan balandlikdan yiqilib tushgan edilar. Allohga shukur hozirda juda yaxshi sog‘liqlari, lekin namozda o‘tirgan vaqtlarida ya’ni attahiyyotni o‘qiydigan vaqtda dumbalariga oyoq poshnalari tegmaydi qiynalyaptilar. Qonun qoidalik qilib o‘tirsalar bir domla aytdilarki oyoq poshnasiga dumba tegmasa u namoz to‘g‘ri bo‘lmaydi dedilar. To‘g‘risi mani ko‘nglim to‘lmadi bu javobdan dadam qanaqa qilib o‘qiganlari ma’qul va joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumoni yahudiylar yiqitib yuborishganida qo‘l va oyoqlari qiyshayib qolgan. Attahiyyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirganlaridek o‘tira olmasdilar. Dadangiz ham qanday o‘tirishga toqati etsa o‘shanday o‘tiraversinlar. Alloh bandasini toqati etmaydigan narsaga majbur qilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar