G‘ayridin bilan bir xonada yashash
Assalomu alaykum! Men Amerika qo‘shma shtatlariga amaliyot o‘tash uchun keldim. Hozirda ijarada bitta uyda turibman. Birga turish uchun o‘zbeklar yoki musulmonlarni hali topolmadim. Men turgan shaharda o‘zbeklar juda kam shekilli. Men bilan birga ishlaydigan bir bola(musulmon emas) bilan bir xonada turish sha’riyatimizga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi? Oshxona bitta bo‘lganligi uchun u bola ham men ham bitta oshxonada alohida alohida ovqat qilyapmiz. Muzlatgich ham alohida 2 ta. Idish tovoqlar ham alohida. 1. Shu holatda u bola bilan birga turishim mumkinmi? Yoki alohida uyda turish kerakmi? 2. G‘ayridin bilan bir stolda ovqatlanish mumkinmi? Masalan, ishxonada hamma o‘zi uyidan ovqat olib kelib ovqatlanar ekan. Ularni Halol bo‘lmagan taomi stolni ustida tursa, men o‘zimni taomimni ular bilan bir stolda eyishim mumkinmi? Ishxonada shu holatga duch kelib qolyapman. Uyda ham haligi bola bilan bir vaqtda bir stolda ovqatlanishga to‘g‘ri kelib qolyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Taom tayyorlashingiz alohida bo‘lsa va sizning diningiz ta’sir qilmasa, turishingiz mumkin. 2). Ular mast qiluvchi ichimlik ichmasliklari sharti ila bir stolni ustida ovqatlanish mumkin. Imkon bo‘lsa qalbini islomga ulfat qilishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar