Gunoxlarni eng tez yuvilishi

Assalomu alaykum! Ma’lum-ki xar-bir mumin kishi gunoxlarini tez yuvilishidan umid qiladi. Agar men gunoxlarimni tez yuvilishi xoxlasam nasux tavba va undan so‘ng nima qilsam butunlay yuvilishiga kifoya qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Abu Zarr al-G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qaerda bo‘lsang ham, Allohga taqvo qil. Yomonlik ortidan yaxshilik qil. Uni yuvadi. Odamlarga husni xulq ila muomala qil!” deganlar. Bundan boshqa ko‘plab hadislarda bu kabi amallar aytilgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 182 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar