Tahoratga o‘tadimi

Assalomu alaykum! Burnimni operatsiya qildirdim. Og‘iz bilan burunni yuvish sunnat, yuz yuvish farz ekanligini bilaman, ammo bir necha kun yuzimni yuva olmas ekanman. Shu holatda namoz ado bo‘ladimi? Bir nechta ilmli kishilardan so‘rasam vaziyatga qaraladi deyishdi. Qazosini o‘qiymanmi? Shu holatda hozir o‘qiyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuvishni iloji bor joyni yuviladi. Iloji yo‘q joyga mash tortiladi. Mash tortish ham zarar qilsa, o‘sha joyga biror yupqa matoni tashlab, ustidan mash tortiladi. U ham zarar qilsa, yuviladigan joyni yuvib namoz o‘qilaveradi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 176 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar