Olimpiadada qatnashdim qimormi?

Assalomu alaykum! Men 95.000 so‘m pul to‘lab Olimpiadada qatnashdim. 1-o‘ringa 10 million so‘m pul mukofoti ekan. Qolgan o‘rinlarga ham 7 mln , 5 mln , va noutbuk shunaqa sovgalar. Boshida niyatim pul yutish va chet tili bo‘yicha o‘z bilimimni sinab men bn tayorlanayotgan o‘rtoqlarm bn bilim borasida musoboqalashish edi. Kegin hayolimga bu qimormikan degan fikr kelib qoldi. Shunga aniqlik kiritsangiz iltimos juda zarur edi. Qimorni o‘rtaga pul tikib omadi kelgan yutadi degan tushuncha bor edi. Lekin bu Alimpiadada registratsya uchun 95 000 to‘lanadi. G‘olib esa ilmiga qarab aniqlanadi. To‘g‘risi birinchi o‘rinni olishni Allohdan so‘rab duo qilishga ham hijolat bo‘lib turibman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘olib uchun mukofot qatnashuvchilar bergan puldan shakllantirilsa, bu qimordir. Joiz emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 181 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar