Aqiqada so‘yilgan jonliq go‘shtinini og‘irligi o‘lchanmaslik to‘g‘risida
Assalomu alaykum! O‘g‘limga aqiqaga jonliq so‘ygan vaqtimda qassob shunday degan edim go‘shtlarni bir xil og‘irlikda tortib tarqatilik degan edim. U esa menga bunday qilib bo‘lmasligini bu masalani men imom domladan so‘raganman degan edi. O‘zi go‘shtlani bir xilde qilib taqsimlab bergan biz uni tarqatganmiz. Shunday gaplar bormi shariyatimizda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarqatish yaxshi amal, ammo teng atqsimlash joiz emas degan gap yo‘q. Tenglikni chamalasa, vaznini o‘lchab taqsimlasa bo‘ladi. عَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ ضَحَّى مِنْكُمْ فَلَا يُصْبِحَنَّ بَعْدَ ثَالِثَةٍ وَفِي بَيْتِهِ مِنْهُ شَيْءٌ، فَلَمَّا كَانَ الْعَامُ الْمُقْبِلُ قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، نَفْعَلُ كَمَا فَعَلْنَا فِي الْعَامِ الْمَاضِي؟ قَالَ: كُلُوا وَأَطْعِمُوا وَادَّخِرُوا، فَإِنَّ ذَلِكَ الْعَامَ كَانَ بِالنَّاسِ جَهْدٌ فَأَرَدْتُ أَنْ تُعِينُوا فِيهَا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَاللهُ أَعْلَمُ.Salama ibn al-Akva’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim qurbonlik qilsa, uchinchi kundan keyin uyidan undan biror narsa bo‘lgan holida tong otdirmasin», dedilar. Kelasi yili bo‘lganda: «Ey, Allohning Rasuli, o‘tgan yili qilganimizdek qilaylikmi?» deyildi. U zot: «Englar! Taomlantiringlar! Saqlab qo‘yinglar! U yili odamlar qiyinchilikda edilar. Ularga yordam berishingizni xohlagan edim», dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan.
Sharh: Demak, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam musulmonlar ocharchilik tufayli qiyinchilikka duchor bo‘lgan yillari qurbonlikning go‘shtini uch kundan ortiq saqlab turishni man qilganlar. Mazkur holat o‘tib to‘qchilik bo‘lganda esa, ham o‘zlari eb, ham o‘zgalarga berib, ham saqlab qo‘yishga ruxsat berganlar.
Ushbu hadisi sharifga binoan, ulamolarimiz, oddiy holatlarda Qurbonlikning go‘shtini uchga bo‘lib, bir qismini egani, ikkinchi qismini kambag‘allarga bergani, uchinchi qismini saqlab qo‘ygani yaxshi, deydilar.
Muhtojlar ko‘payganda esa, ularning rioyasini qilish zarurdir. (“Hadis va Hayot” kitobidan).. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar