Dilozorlikmasmi?
Assalomu alaykum! Savolim balkim kimgadir yoqmas lekin.. Qalbimiz Allohga qachon qay tarzda ochiladi uni faqat Alloh biladi.. Xar bir inson qalbida nima borliginiyam Alloh biladi.. Inson qalbini bilmagan xolda dilozorli qilib ranjitish noto‘g‘ri ish.. Islom eng mukammal eng sof va eng chiroyli dinligiga boshqa dindilayam tan berishadi.. Lekin ko‘cha kuyda uzoq yaqin tanish bilish qarindoshla yaqinla orasida shariatdan islomdan kimdir gap ochib qoganda "domlani yoqmen" "domlali qima" "do‘ppini ech" "kecha yurgandinding, endi domlali qivosami" degan gaplardan insoni qalbiga og‘riq turadi.. Kimi qiyomat kunida qanaqa qismat kutvotkanini qilgan amallari uchun qanaqa xisob kitob qilishi yolg‘iz Allohgina bilgan xolda shu gaplarni gapirish o‘rinlimikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni tushunchalaringiz yuz foyiz to‘g‘ri, lekin bu kimnidir shunday qil deyishi bilan bo‘lib qoladigan ish emasda. Asta sekinlik bilan bo‘ladi. Siz ham noumid bo‘lmang, o‘zingiz kamolot topishga harkat qiling so‘ng yon atrofingizga tarqatishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Bu ummat nihoyat unumdor erga o‘xshaydi. Allohdan so‘rab mehnat qilinsa hech qachon zoe ketmaydi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 12:30 | Savol-javoblar | 157 | Islam