Ruhan qiynalayapman, echimini bilmayman

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ikki yildan beri bir dard qiynamoqda. Dam soldirsam engil tortaman. Dam soldirmay qo‘ysam mazzam qochaveradi. Uyimda ham bir narsa bor. Uyimda ahvolim og‘irlashadi, uyga kirsam qornim, kuragimning osti, yuragim va boshqa joylarim og‘riy boshlaydi, ichim ketadi, tanam yonadi, nafas olishim qiyinlashadi. Uyimdan ketsam biroz engil tortaman. Zikr qilishga ham qiynalaman. Nima qilay ekan? Yordam bersangiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zingizga o‘zingiz dam solib yuring.

26 May 2022, 20:02 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar