Sadaqa pulini ishlatish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizlar o‘g‘lim, qizim, turmush o‘rtog‘im va men xar kungi sadaqa va exsonlarimizni bir tortmachaga solamiz. Yig‘ilib qolgach muxtojlarga ishlatamiz. Gap shundaki goxida judayam zaruriyat yuzasidan uyda pul qolmasa shu tortmachadan ma’lum miqdorda olib ishlatib, oylik olganda yana solib qo‘yamiz. Shu ishimiz noma’qul emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noma’qul emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar