Kuchuk go‘shti harom hisoblanadimi ?

Assalomu alaykum! Ancha yillardan buyon "kuchuk" (kyadya, kyaxe) go‘shtini iste’mol qilib kelaman. Yaqinda bir tanishim "kuchuk" go‘shti "harom", Qur’oni Karimda bu haqida yozilgan dedi. Shu rostmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatimizda qoziq tishi bor hayvonlarning go‘shti harom qilingan. To‘rttala mazhabda ham it go‘shti harom. Itni o‘zi tugul so‘lagi ham harom. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: إِذَا شَرِبَ الْكَلْبُ فِي إِنَاءِ أَحَدِكُمْ فَلْيَغْسِلْهُ سَبْعًا  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «It birortangizning idishidan suv ichsa, idishni etti marta yuvsin», dedilar».عَنْ عَوْنِ بْنِ أَبِي جُحَيْفَةَ قَالَ: رَأَيْتُ أَبِي اشْتَرَى عَبْدًا حَجَّامًا، فَسَأَلْتُهُ، فَقَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ ثَمَنِ الْكَلْبِ، وَثَمَنِ الدَّمِ، وَنَهَى عَنِ الْوَاشِمَةِ وَالْمَوْشُومَةِ، وَآكِلِ الرِّبَا، وَمُوكِلِهِ، وَلَعَنَ الْمُصَوِّرَ Avn ibn Abu Juhayfadan rivoyat qilinadi:
«Otamning qon oluvchi qul sotib olganini ko‘rdim (Otam buyurdi, qulning qon oladigan asboblari sindirildi). Undan so‘ragan edim, u: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam itning pulidan va qonning pulidan qaytarganlar. Vashm* qilish va vashm qildirishdan, ribo eyishdan va uni edirishdan qaytarganlar hamda suratkashni la’natlaganlar», dedi». عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْعَائِدُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَقِيءُ ثُمَّ يَعُودُ فِي قَيْئِهِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hibasini qaytib olgan kishi qusib, keyin qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», dedilar». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar