Stomatologni qolib ketgan haqi

Assalomu alaykum! Tish qo‘ydirgani stomatologga borgandim. Stomatolog ham davolab, ham tish qo‘ydi va tishga qo‘shimcha davolaganiga alohida hisoblab berdi. Men pulni 2ga bo‘lib berdim va meni hisobim bo‘yicha u mendan 150ming kam oldi. Men qayta-qayta so‘radim “adashmayapsizmi, davolaganingiz esizdami?” deb. Doktor adashmadim esimda dedi. Lekin u pulni ishlatishga ikkilanib qoldim, chunki u aniq adashdi. Shu pulni ishlatishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz emas. Borib qaytadan to‘liq tushuntiring. Agar mayli meniki bo‘lsa ham roziman desa ishlatavering. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar