Ota-onani ranjitmaslik uchun

Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin. Ota-onasini o‘zi xohlamagan holatda qalbini og‘ritib qo‘yayotgan farzand, bundan qutilish uchun nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har kuni bamdod va shomdan keyin 100 marta لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ni o‘qishni vazifa qilib olsin. Duoning ma’nosi: «Allohdan o‘zga ibodatga sazovor Zot yo‘q. Uning O‘zi yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Mulk Unikidir. Hamd Unikidir. U har bir narsaga qodirdir. عَنْ عَائِشَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ : إِنَّ الرِّفْقَ لَا يَكُونُ فِي شَيْءٍ إِلَّا زَانَهُ، وَلَا يُنْزَعُ مِنْ شَيْءٍ إِلَّا شَانَهُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Muloyimlik qaysi ishda bo‘lsa, uni go‘zal qiladi. Qaysi ishdan uni olib qo‘yilsa, uni xunuk qilib qo‘yadi” dedilar. Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar