Ribo bo‘lib qoldimi

Assalomu alaykum! Qarzga narsa olish olish hamda ribo, kredit haqidagi savollarni o‘lqib chiqdim. so‘ramoqchi bo‘lganim opamga telefon olib berdik, telefonni boshlang‘ich to‘lovi(30%ni) berdik va oyiga 100 ming so‘mdan qo‘shilib boradi (to hamma pulini uzib bo‘lguncha). men ribo bo‘lmaydi deb o‘ylab opamga olsangiz bo‘ladi degandim, yaqinda bir videoni ko‘rib o‘ylanib qoldim, vaqt o‘tgani sayin pul qo‘shilib ketyapti ekan, biz opamga olgan telefon ribo bo‘ldimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribo bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 133 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar