Katta bog‘imizning haqqi

Assalomu alaykum! Alxamdulilloh 5 maxal namoz o‘qiyman va xalol va xaromning farqiga borganimga uncha ko‘p bo‘lmadi. Bizning katta bog‘imiz bor, lekin barakali emas. Deyarli xar yili zarar bilan chiqamiz. O‘ylab qarasam ushbu bog‘ni pora hisobidan sotib olgan ekanmiz. Kimdan va qancha olingani esimda xam yo‘q. 12-13 yillar bo‘ldi bu voqeaga. Nima qilsam bog‘im menga xalol bo‘ladi? Men xaqqini egan insonlar esimda yo‘q shu pullarni qanday qaytarsam bo‘ladi?  Biron yo‘li bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo olganlaringizga qaytarib berasiz. Olganlaringizni bilmasangiz savob umid qilmasdan bog‘ning qiymatini ular nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilasiz. U Alloh taoloning huzurida omonat bo‘ladi, qiyomat kuni egalari so‘raganida berasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar