Oqpadar bo‘lamanmi

Assalomu alaykum! Meni otam harkuni ichadi bizdan aroq olib kelib berishimizni so‘raydi. Olib kelib bermasak har kuni uyda urush janjal onamni meni uradi. Bugun ham huddi shunaqa urushladan biri bo‘ldi uzum sotkan edik pulini menga berlaring deb topalon qildilar men nima qilasiz desam urushb urb ketti meni ko‘ylagimni yirtib tashladi. Men qo‘llarini olib tashladm shunda menga qo‘l ko‘tardi qo‘limni sindirdi deb ro‘l o‘ynadilar sendaka bolam yo‘q oq qildim u dunyo bu dunyo rozimasman dedilar. Men juda og‘ir ahvoldaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh insof bersin. Yaxshi gapirib farzandlik vazifangizni bajaravering, albatta ichkilikka mukkasidan ketganlarni davolaydigan shifokorlar bilan maslahat qilinglar va davolating. Bunday holatlarda aytilgan gaplarni ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:06 | Savol-javoblar | 200 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar