O‘zganing xaqqiga hiyonat qilmayabmanmi?
Assalomu alaykum! Men Koreada o‘qiyman. O‘qishdan bo‘sh vaqtlarimda kunlik ish beradigan xususiy vositachi korxonalar bor, o‘shalar orqali ishga chiqib ozroq pul ishlab turaman. Ular bizga ish topib berganligi uchun ishlagan pulimizning 10% qismini olishadi. Har semestr tugaganda 20 kun o‘qishimdan tatil beradi. Bir tatilda o‘sha vositachi korxona orqali bir koreysga yordamchi bo‘lib ishga chiqdim, malum muddat o‘zining odatiy ishlaydigan joyida ishlaganimizda vositachi korxona binosidan olib ketardi. Keyin uzoqroq joydan ish oldi, u erga borguncha uzoq vaqt ketganligi uchun o‘zimning tel raqamimni olib o‘zimga tel qilib uydan ertaroq olib ketadigan bo‘ldi. Shu tatil ham tugadi uzoqdagi ishi ham tugadi. Lekin ishi bo‘lsa o‘zimga tel qilib uydan olib ketar edi. O‘zining odatdagi ish joyiga darsdan keyin bir oycha borib ishladim. Shu vaqtlar davomida vositachi korxona 10% haqqini berib turdim. Uyidagi ishlari ham kamaygandan keyin 1-2 oy u yoqda ish bo‘lmadi, o‘zim boshqa zavoddan tungi ish olib ishlab yurdim. Malum muddat o‘tib haligi avvalgi koreys yana ishga chqiradigan bo‘ldi va bu gal vositachi korxona aralashmaganligi uchun u korxonaga pul berganim yo‘q. Savol: O‘zganing haqqiga xiyonat qilmayapmanmi? Iltimos agar javoblari tezroq chiqsa yaxshi bo‘lardi, chunki holatimizda voqea bo‘lib turgan narsalardan. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xiyonat qilmayapsiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xiyonat qilmayapsiz. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 13:57 | Savol-javoblar | 143 | Dolzarb savollar