Halol yoki harom
Assalomu alaykum! Berayotgan javoblaringiz uchun katta rahmat.
1) Qarindosh o‘ratasida ham qarz va haqqini qaytarish bo‘ladimi? (pul, ovqat, kitob va boshqalar)
2) Agar biror kishini ishchisi bo‘lsa, u ishchi uning ishini qilsa lekin ho‘jayni unga qilgan ishiga etarli pul bermasa(ya’ni to‘qqiz yuz ming bo‘lsa unga sakkiz yuz ming bersa yoki besh kun ishlagan bo‘lsa unga to‘rt kundi ish haqini bersa, to‘liq ishlagan bo‘lsa ham) ishchi ho‘jaynidan ishlatish uchun biror narsani so‘rab olgan bo‘lsa yoki unga aytmasdan olgan bo‘lsa, ishchi qilgan xizmati uchun o‘sha narsani o‘zida olib qolsa bo‘ladimi? U narsa qolib ketgan ish haqi pulichalik narsa bo‘lmasa ham yoki baribir so‘rashi kerakmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Albatta bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “qaysi biringizga hadiya qilinsa, o‘shaning barobaricha sizlar ham hadiya qilinglar. Mabodo bergani narsangiz bo‘lmasa, “Alloh sizni yaxshilik ila mukofotlasin” denglar” deganlar. 2). Egasiga aytib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:48 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom