Yurakka iymon to‘ldirish
Assalomu alaykum! Sizga beradigan savolim shuki meni yaqinda turmushga berishmoqchi, lekin u bola umuman dindan xabari yo‘q. Namoz o‘qishniyam bilmas ekan, men unga qanday namoz o‘qing deb aytishim mumkun? Aytishadiku ayoli eriga ustozlik qila olmaydi, bo‘lmaydi deb. Iltimos shu masalada yordam beringlar. Agar men qori bolaga turmushga chiqaman desam, o‘qigan va dindan xabari bor bollar ham faqat o‘ziga o‘xshagan o‘qigan qizlarga uylansalar, o‘qimagan va dindan uncha xabari yo‘qlar shuday qolib ketaveradilarmi? Shuning uchun men ham u bolani va oilasini xech bo‘lmasa farz bo‘lgan 5 vaqt nomozga chorlamoqchiman. Bu ishim to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? Javob uchun oldintan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chorlashingiz mumkin, ammo namozga va ibodatga kirmasa bir umr o‘ziz bilgan maxluq bilan yashab o‘tasiz. Avval namozga kirsin, mustahkam bo‘lsin keyin turmushni o‘ylab ko‘rish ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!
22 Aprel 2022, 21:13 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush