Sadaqa berish

Assalomu alaykum! Kattalardan: «Lo‘lilarga sadaqa berib bo‘lmaydi» deb eshitgandim. Boshqa joydan esa “Allohning nomini aytib kelganlarni quruq qaytarib bo‘lmaydi” deya eshitganman. Ammo lo‘lilarning haqiqiy hayotini ko‘rsak ular ehsonga sira muhtoj emasdek ko‘rinadi. Qanday yo‘l tutmoq kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Allohning nomini aytib kelganlarni quruq qaytarib bo‘lmaydi” degan gap, hech vaqosi yo‘q kishi haqida aytilgandir. Bir kunlik taomi ham bo‘lmagan kishiga tilanchilik qilish joiz. Bu albatta sotishga ham hech narsasi yo‘q kishilar uchundir. Hozirgi kunda esa bunday kishining o‘zi yo‘q. Ularning qilayotgan ishlari harom amal hisoblanadi. Shuningdek ularga beruvchilarning amali ham haromdir. Chunki harom ishga yordam berish ham haromdir. Agar haqiqatda nochor bo‘lsalar, xohlagan biror insoniga to‘g‘ri tushuntirib murojaat qilsa, yurtimizda buni rad qiladigan inson bo‘lmasa kerak deb o‘ylaymiz. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 51 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar