Otamga bo‘sunmasligim
Assalomu alaykum! Otam chorva bilan shug‘ullanadi. Man esa parrandaga qiziqaman. Uylanganman. Oilamga yordam bo‘ladi deb tuxum olish uchun tovuq boqib ko‘paytiryapman. Ko‘pni ko‘rganlar va qarindoshlar tovuq bor joyda chorva kasallanadi va nobut bo‘ladi deyishmoqda. Shuning uchun otam tovuq boqishimga keskin qarshilik qilmoqda. Xozirgacha tovuqdan chorvaga zarar etgani yo‘q. Man esa bunda davom etyapman. Otam mani ko‘p narsalarda qo‘llamaydi. Qaysi ishni qilsam qarshi chiqadi. Mablag‘dan qiynalsam ko‘pincha yordam bermaydi. Shularni xisobga olib o‘zim mustaqil biznes boshlayapman. Otam tovuq boqishimga qarshilik qilishi va man bu ishni to‘xtatmasligim (bo‘ysunmasligim) mani otamga oq bo‘lib qolishimga sabab bo‘ymaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu oddiy narsada ham tortishib otani ko‘nglini og‘ritmaslik kerak. وجاء أيضا عن عبد الله بن عمرو رضي الله عنهما عن النبي صلى الله عليه وسلم قال : رضى الرب في رضى الوالد , وسخط الرب في سخط الوالد رواه الترمذي Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar.
Alloh taolo "Isro" surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan.
Fuqaholarimiz: “Ota-ona xato qilsa, ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi”, deganlar. Ota-ona bilan bahslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham bahslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratingizni kuydirib olmang. عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: الْوَالِدُ أَوْسَطُ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ، فَإِنْ شِئْتَ فَأَضِعْ ذَلِكَ الْبَابَ أَوِ احْفَظْهُ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, volid (ota-ona) – jannat eshiklarining eng yaxshisidir», deganlarini eshitganman. Xohlasang, uni zoe qil, xohlasang, muhofaza qil», dedi».
Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush