3 marta nikoxdang so‘ng yana nikoxlanish
Assalomu alaykum! Shu savolimni qanday qilib to‘g‘ri va tushunarli manoda yozishni ko‘p o‘ylab oxiri to‘liq sizga aytib berishga qaror qildim. Men bundan 1yil oldin turmushga chiqdim va turmush o‘rtog‘im bilan ko‘p kelisholmay qolardik. Ularni jaxillari juda tez edi, men xam u vaqtda ularga ko‘p marotaba gap qaytarvorardim. Oqibatda javobimni berdila va 3marta qaytadan nikox o‘qitdik. Xar safar jaxillari tez sababli boshing ochiq derdila va oradan 20-30 kun o‘tib nikoximizi boshidan o‘qitardik. Oxiri 3- nikoximizda imom domla Qur’on kitob bilan keldila va bizga bu 3-imkoniyatinglar boshqa imkon yo‘q, Qur’on kitobni oldida ayting, kuyov taloq so‘zini endi umuman aytmayman deng, kelin siz xam erimni jaxillarini xadeb chiqarmayman deng dedilar va biz qabul qilib 3-marta nikoxlandik. Lekin ming afsuski oradan 6 oy o‘tgach erimni juda qattiq g‘azabga keltiradigan ayb ish qildim. Bu safar erim xar doimgiday g‘azablarida “boshing ochiq, qo‘yvordim sani” dedila. Biz 2 kun gaplashmay 3-kun yarashib oldik. Mana xozir nikoximiz yo‘q, ko‘pchilikdan qanday qilib 4-marta nikox o‘qitsak bo‘larkin deb so‘rasak xamma xar xil javob berdi. Sizdan iltimos shu savolimga javob bering, biz uchun juda xam muxim. Bizni xozrgi vaqtda farzandimiz yo‘q, 4-marta nikox o‘qitishni yo‘llari bormi? Qanday qilib nikoximizni o‘qita olamiz? Buni shartlari bo‘ladimi va xozirgi bizni munosabatimiz gunoxga kiradimi? Shu mavzuda bir ayoldan maslaxat so‘raganimda ular menga “eringizga ayting bir erkakni topib ularga sizi nikoxlatsinla va nikoxdan keyin u kishi sizni javobizni beradila. Keyin eriz yana sizni qaytadan 4-marta nikoxlariga olsala bo‘ladi” degandila. Shunaqa qilsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi sizlar birga yashamanglar. Boshqa turmush harakatini qilinglar. Farzand bo‘lmagani ham yaxshi bo‘libdi, sizlarni birga yashashlaringizga umuman yo‘l yo‘q. O‘sha "bir ayol" ham noto‘g‘ri aytibdi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi sizlar birga yashamanglar. Boshqa turmush harakatini qilinglar. Farzand bo‘lmagani ham yaxshi bo‘libdi, sizlarni birga yashashlaringizga umuman yo‘l yo‘q. O‘sha "bir ayol" ham noto‘g‘ri aytibdi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush