Duodagi xatolik

Assalomu alaykum! Izlash xizmatidan «pirlar madadkor bo‘lsin» deb duo qilish haqida berilgan savollar bilan tanishdik. Savolim shunga yaqin: «Pirlar yor bo‘lsin» deb duo qilish mumkinmi? Madrasa va oliy bilim yurtlarini tamomlagan imom domla shu so‘zlarni duosida ishlatdi. Buni qanday tushunsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni nojoizligi kundek ravshan. Hamma maktabni bitirganlar ham savodli bo‘lavermaganidek, madrasani bitirganlarning hammasi ham ilm sohibi bo‘lib qolmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 162 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar