Qazo namozlar fidyasi
Assalomu alaykum! Onam yaqinda vafot etdi. Alloh raxmat qilsin. Onamning namoz va ro‘zadan ko‘p yillik qazolari bor edi. Biz qazolarni vasiyat qilishlarini aytuvdik. Xo‘p deb, qachondan namoz o‘qiganlarini, necha yillik qazo o‘qiganlarini, necha yoshda balog‘atga etganliklarini aytib ketdilar. Ro‘zalarining fidyasini ularning nomlaridan opa singillariga berdik. Namozlarining qazosi qoldi. 1. Biz aka ukalar, onamning namozlari uchun fidyalarni otamizga bersak bo‘ladimi, otamizga berish uchun qanday shartlar bajarilishi kerak? 2. Oyligimiz oilamizdan oshmaydigan, fidya uchun boshqaga bera olmaydiganimiz, o‘zining xotini farzandlariga sarflaydigan pullarni onamizning namozlarining fidyasiga deb niyat qilib sarflasak bo‘ladimi? Umuman shu namozni fidyasi bo‘yicha onamning vasiyatini bajarishimiz uchun tavsiyalar bersangiz. Alloh rozi bo‘lsin, ilmizni ziyoda qilsin, barchamizga ikki dunyoda manfaatli bo‘lishini nasib qilsin. Assalomu alaykum.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savol: ro‘zaning fidyasi kimlarga beriladi?Javob: miskinlarga, faqirlarga, beva-bechoralarga, nochorlarga, zakotga qodir bo‘lmaganlarga beriladi. Orasida tug‘ishganlik va er-xotinlik aloqasi borlarga, ya’ni o‘zining farzandlariga, farzandining farzandlariga, otasiga, eriga, xotiniga, boylarga, zakotga qodir bo‘lganlarga, zakot berish mumkin bo‘lmaganlarga berilmaydi. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 14:16 | Savol-javoblar | 166 | Namoz