Telefondagi xiyonat kechiriladimi
Assalomu alaykum! Mani erim safardala 2yil buldi. Biz bir birimizni juda yaxshi kuramiz.manga xech xiyonat kilmaganlar.16 yil yashadik 3 farzandim bor. Lekin yakin dustlarini kizi erimdan 20 yosh kichik yakinda turmush kurgan 3 oylik xomilador xatto eri bor kiz erimni nomerini topib avval pul suragan shifoxonadaman karz bupkoldim deb mani erim manga aytib 500mingberdila.keyin kattarok pul surabdi bermasala yuldan urish maksadida sizni sevaman, ajrashsam olassimi deb faxsh suzlar bilan gangiratgan. Erim xam yosh kizga shirin suzlariga uchib gaplasha boshlagan. Munosabatlari ishkiy bulib kupaygan. 7kunda u kizni eri telegramdagi smslarini, ovozlarini, rasmlarini, topib olgan. Keyin meni chakirib kursatdi. Erim man uni kalaka kildim chunki eri bor bupturip man bilan pul olish uchun gaplashganini bilganman deyapti. Ammo men uz kuloklarim bilan u kizzi erkalatib gapirganini va sevaman deganini eshitganim uchun yashamiman deyapman. Erim esa ajrashmiman, man fakat sani sevganman deyaptilar. Kechirolmayapman nima kilay yordam Bering. Savolim u zino qiganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sal kechirimliroq bo‘ling. Inson borki xato qiladi. Tavba qilsa, Alloh kechiradi. Eringiz qilgan ishiga tavba qilsin. Alloh kechirganda bandasi nimaga kechirmaydi. Siz ham kechirimli bo‘ling. Eringizni yonida bo‘lganingizda shu ishlar bo‘lmas edi. Inson o‘zini halolidan bahra olib turmasa, haromga mo‘ralashni boshlaydi. Endi sokinlik bilan, aqlni hisdan ustun qo‘yib oilani saqlab qolishga harakat qilinglar. Ilojini qilib eringizning yoniga keting. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 193 | Oila va turmush