Cho‘chqa a’zosi qo‘shilgan ukol
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar? savolim takroriy lekin shayx Hazratlarining javoblaridan xolatimga yarashasini topolmadim. O‘g‘lim tug‘ma nuqson bilan go‘dakligida orqa miyasida jarroxlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Xozir 2 yosh, lekin oyoqlari yaxshi ishlamaydi. Nervlarini davolash kerak ekan. Nevropotolog bizga bir ukolni qilish kerakligini lekin u cho‘chqani miyasidan olinadi va miyani funktsiyalarini va nervlarini faoliyatini yaxshilab berishini aytdi. O‘rniga o‘rin boshqa dori yo‘q deb ogoxlantirdi. Shayx Hazratlari rahimahulloh shunga o‘xshash savolda boshqa dori toping deb aytgan ekanlar. Lekin bizda buning imkoni yo‘q. Ustozlar ayting nima qilaylik? Taqvodor tabib ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Biz tanish mutaxassislardan surishtirganimizda uni boshqa halol o‘rinbosari borligini aytishdi. Tahminan Gammalon deganini qandaydir o‘simlikdan olinishini ham aytishdi. Internetga “Analogi lekarstvennogo preparata Tserebrolizin” deb qidirsangiz 30dan ko‘p o‘rinbosarini topasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:19 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom