Ko‘p el kelishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, mani bir muammo qiynab keladi. Tahorat olishim bilan sal o‘tmay el kelaveradi. Ba’zan ushlab qolaman ba’zan ilojini qilolmayman. Namoz o‘qishni boshlamoqchidim, lekin cho‘chiyabman. El tez-tez kelaversa gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni hoziroq boshlang. Alloh taolo bandasini toqatidan tashqari ishga buyurmaydi. Siz kabi holatga tushib, namozida mustahkam bo‘lganlar minglab kishilarni tashkil qiladi. Har namozga tahorat olib, tahoratingiz ketsa ham, ketmasa ham namozingizni o‘qiyvering. Bu erda gap faqat Alloh taoloning buyrug‘ini toqati etganicha bajarish yoki bajarmaslik haqidadir. Ko‘nglim bo‘lmayapti deb ibodatni tark qilishlar shaytonning vasvasasidan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!
22 Aprel 2022, 21:14 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar