Nomoz vaqti

Assalomu alaykum! Nomoz vaqti kirganidan uni ataylab tugash vaqtiga oz qolganda o‘qish gunox bo‘lmaydimi yani asr va shomga taxorat bitta bo‘lishi uchun asrni vaqti chiqib ketmasdan albatta kechroq o‘qib keyin shu taxorat bilan shomni o‘qisa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asr namozini quyosh unga uzoq qarab tursa ham ko‘zni qamashtirmaydigan holatga kelgunicha kechiktirish, shom namozini yulduzlarning kattayu kichigi ko‘rinadigan paytgacha kechiktirish makruhi tahrimiy, xufton namozini tunning ikkinchi yarmigacha kechiktirish makruhi tanzihiydir. Vallohu a’lam!

22 Iyun 2022, 17:52 | Savol-javoblar | 209 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar