Gunox qilib qo‘ymadimmi?

Assalomu alaykum! Men mexmonxonada administrator bo‘lib ishlayman. Mexmonxona xolamlarni o‘g‘liga tegishli. Yaqinda bir vaziyatga tushib qoldim. Mexmonxonamizni xar doimgi mijozlaridan biri qo‘ng‘iroq qilib yordamingiz kerak karantin bo‘lgani sabab bir mexmonimiz uyimizda turgandilar. Sizlarni ishga tushganingizdan xabarsiz qolibmiz mexmonimiz 5 kun bo‘ldi shu erda ishlab yuribdilar, lekin idoralari mexmonxonadan kvitantsiya bo‘lmasa plastikga tashlagan pullarini qaytarib olishar ekan yordam bering dedi. Xolamni o‘g‘li xam men xam bunaqa ishlarni yomon ko‘ramiz 5 vaqt namoz o‘qiymiz. Boshida yo‘q dedim keyin xolamni o‘g‘li bilan xam maslaxatlashdim ular “agar rostan shunaqa vaziyat bo‘lsa yordam ber pul ishlash uchun bo‘lsa yo‘q deb ayt” dedilar. U mijozga aytdim rostan shunaqa vaziyat bo‘lsa yordam bera olar ekanmiz deb. Keyin ular kelishdi o‘sha mexmon xam buyruqlarini ko‘rdim, 750.000 ming so‘mlik kvitantsiya yozib berdim. 50.000 ming so‘m pul tashlab ketishdi. Biz bu ishni o‘sha 50.000 ming so‘m uchun emas mijozimizga yordam bo‘lsin deb qildik. Keyin negadir ko‘nglim xijil bo‘ldi. Gunox qilib qo‘ymadimmikan deb juda qo‘rqayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on ish tutibsizlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:26 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar