Turmush o‘rtog‘imni mehri yo‘q
Assalomu alaykum! Turmush kurganimizga uch yil bo‘ldi lekin oilam xaligacha notinch. Qaynonami injikliklariyu qolgan oila a’zolarimi qiladigon muomilalariga bardosh qilardim lekin turmush o‘rtog‘im menga befark. Ishdan kech keladiyu umuman e’tibor bermay uxlab qoladi bu xol odatiy bo‘lib qolgan. Qachonki o‘zi xoxlaganda men charchagan bo‘lamanmi yoki boshqa sababmi uni ishi yo‘q. Xaq xuquqlarimi tushuntirib aytsam e’tibor bermaydi. Deyarli kam ko‘stimi aytmayman kiyimlarimi yoki boshka chiqimlarimi o‘z ota-onam qiladi gox goxida turmush o‘rtog‘imga xam pul berib turadi. Aytarli erimni menga foydasi tegmaydi. Qo‘pol gapirib so‘kinib xaqorat qiladi. Axir men xam yaxshi so‘zlar eshitishni suyukli bo‘lishni kezi kelsa xazillashib yoki erkalashni xoxlayman. Ko‘p xarakat qildim. Mexr bersang mexr ko‘rasan deya ishonib faqat ko‘ziga qarab aytganini muxayyo qildim. O‘z xotinlik xamma burchlarimi vaqtida ado qilaman. Lekin u esa ikki og‘iz yaxshi gapini qizg‘onadi. Sabr qilib yashayapman lekin toqatim etmay qoldi. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutay? Ajrashsam xato emasmi? Lekin ajrashishga turmush o‘rtog‘im rozilik bermaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sabr qilib eringizni yaxshilikka chorlashda bardavom bo‘ling, oilaviy munosabatlar haqida gapini qabul qiladigan kattalar nasihat qilsinlar. Duolaringizda Allohdan eringizni isloh qilishini so‘rang. Ajrashish haqida o‘ylamang.Zamonamizning etuk mashoyixlaridan Ahmad Zulfiqor Naqshbandiy (Alloh u kishini umrlarini ziyoda qilsin) o‘zlarining oilani mustahkamlash borasida qilgan ma’ruzalarida : “Er ayoliga bir kunda besh bor “xabar” jo‘natib tursin. U bo‘sa bo‘lishi mumkin, biror ishini taqdirlash bo‘lishi mumkin, erkalatib boshini yoki qo‘lini silash bo‘lishi mumkin, erkalatib ayol uchun yoqimli bo‘lgan biror “xonim” yoki “malikam” kabi chiroyli so‘z bo‘lishi mumkin, ishda bo‘ladigan bo‘lsa SMS bo‘lishi mumkin” deganlar. Aslida bunday qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir. O‘ZARO BUYuK MUHABBAT Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Oisha onamiz roziyallohu anhoning o‘rtalaridagi o‘zaro muhabbat ajoyib bir holatda edi. O‘sha paytni vasf qilgan kitoblardagi rivoyatlarni o‘qir ekanmiz, bu nafis holatdan zavqlanmay, ilojimiz yo‘q.
Oxirgi zamon payg‘ambari bo‘lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan u zotning mahbuba zavjai mutohharalari Oisha onamiz roziyallohu anhoning oralaridagi o‘zaro muhabbat keng ma’nodagi muhabbat bo‘lib, uni atroflicha mulohaza qilish va undan o‘rnak olish lozim.
Albatta, bu ma’nolarni to‘liq anglashimiz uchun rivoyatlarga murojaat qilamiz. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ لِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إِنِّي لَأَعْلَمُ إِذَا كُنْتِ عَنِّي رَاضِيَةً وَإِذَا كُنْتِ عَلَيَّ غَضْبَى، فَقُلْتُ: وَمِنْ أَيْنَ تَعْرِفُ ذَلِكَ؟ قَالَ: أَمَّا إِذَا كُنْتِ عَنِّي رَاضِيَةً فَإِنَّكِ تَقُولِينَ لَا وَرَبِّ مُحَمَّدٍ، وَإِذَا كُنْتِ غَضْبَى قُلْتِ لَا وَرَبِّ إِبْرَاهِيمَ، قُلْتُ: أَجَلْ، وَاللهِ يَا رَسُولَ اللهِ مَا أَهْجُرُ إِلَّا اسْمَكَ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:
«Albatta, sen mendan qachon rozi bo‘lsang ham bilaman. Mendan qachon achchiqlangan bo‘lsang ham bilaman», dedilar.
«Uni qaerdan bilasiz?» dedim.
«Qachon mendan rozi bo‘lsang, «Muhammadning Robbi ila qasamki, unday emas!» deysan. Qachon achchiqlangan bo‘lsang, «Ibrohimning Robbi ila qasamki, unday emas!» deysan», dedilar.
«To‘g‘ri! Allohga qasamki, ey Allohning Rasuli, ismingizdan boshqani hijron etmayman», dedim».
Ikkisini Muslim rivoyat qilgan.
Ushbu hadisi sharifda ikki tarafning bir-birlariga nozik qarashlari va iltifotlari ochiq bayon etilmoqda.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamiz roziyallohu anhoning gaplaridagi bir og‘iz so‘zning o‘zgarishidan u kishining ruhiyatidagi kulliy o‘zgarishni anglaganlar.
Oisha onamiz roziyallohu anho bo‘lsalar o‘zlaridagi ana shu o‘zgarishni juda noziklik bilan yuzaga chiqarganlar. «Ismingizdan boshqani hijron etmayman» deganlari «faqat ismingizni aytmayman, xolos» deganlaridir.
Ikki taraf bir bo‘lganda esa bir-birlariga ochiq aytganlar.
Oisha onamiz roziyallohu anho o‘z navbatlarida, ya’ni o‘zlariga ajratilgan vaqtda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan ajrashni hech istamas edilar. Agar biror sababga ko‘ra u zotdan ajrab qolsalar, izlashga tushar edilar.
Imom Muslim, Termiziy, Nasaiy va Abu Dovudlar Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar:
«Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘rinda yo‘qotib qo‘ydim. Izlasam, qo‘lim oyoqlarining ostiga tegdi. U zot sajdagohda ekanlar, ikki oyoqlari tik turgan ekan. O‘zlari bo‘lsa:
«Allohumma! A’uzu birizoka min saxatika va bimu’ofotika min uqubatika, a’uzu bika minka, laa uhsiy sano’an alayka. Anta kama asnayta ala nafsika (Allohim! Roziliging ila g‘azabingdan, ofiyating ila uqubatingdan panoh tilayman. Sen(ing Rahmating) ila Sen(ing uqubating)dan panoh tilayman. Senga Sen O‘zingga sano aytganingdek sano ayta olmayman)», der edilar».
Bu rivoyatda uxlab yotgan Oisha onamiz roziyallohu anho ko‘zlarini uyqudan ochganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning joylarida yo‘qliklarini sezib, izlashga tushganlari bayon etilmoqda. وَعَنْهَا قَاَلَتْ: كَانَ نَبِيُّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَسْتَاكُ فَيُعْطِينِي السِّوَاكَ لِأَغْسِلَهُ فَأَبْدَأُ بِهِ فَأَسْتَاكُ ثُمَّ أَغْسِلُهُ وَأَدْفَعُهُ إلَيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Onalarimiz ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muomalalariga yarasha muomala qilar edilar.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam misvok qilar va misvokni yuvishim uchun menga berar edilar. Men darhol avval o‘zim misvok qilar va so‘ngra uni yuvib, u zotga berar edim».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Oisha onamiz roziyallohu anhoning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan cheksiz muhabbat va hurmatlari. U zot sollallohu alayhi vasallamdan misvokni olib, o‘zlari misvok qilgach, darhol uni yuvib qo‘yishlari shunga dalildir. (“Hadis va Hayot” kitobidan).عن عائشة قالت : كنت أشرب وأنا حائض ، ثم أناوله النبي صلى الله عليه وسلم ، فيضع فاه على موضع في ، فيشرب وأتعرق العرق ، وأنا حائض ، ثم أناوله النبي صلى الله عليه وسلم فيضع فاه على موضع في . رواه مسلم Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
"Hoizalik paytimda suv ichar so‘ng uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatar edim. U zot og‘zim tekkan joyga og‘izlarini qo‘yib, ichar edilar. Hoizalik paytimda suyakning go‘shtidan tishlab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatar edim. U zot og‘zim tekkan joyga og‘izlarini qo‘yar edilar".
Muslim rivoyat.
Imom Ahmad va imom Abu Dovudlar Oisha roziyallohu anhodan keltirgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam men bilan musobaqalashgan edilar, men u zotdan o‘zib ketdim. Bir muddatdan so‘ng mening go‘shtim og‘irlashganda yana men bilan musobaqalashib, mendan o‘zib ketdilar va «Haligi bilan biru bir», dedilar».
Qarang, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zavjalari Oisha onamiz roziyallohu anho bilan yugurish musobaqasi o‘tkazgan ekanlar. Bu yugurish musobaqasi o‘tgan paytda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yoshlari ellik uchdan o‘tgan edi. Keyingi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizdan o‘zib ketgan yugurish musobaqasida esa u zotning yoshlari undan ham katta bo‘lgan. Bu badantarbiya bilan oilaviy ravishda shug‘ullanishdir. Afsus, ko‘pgina musulmonlar bunga o‘xshash narsalardan xabarsizdirlar. حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَعَثَهُ عَلَى جَيْشِ ذَاتِ السَّلَاسِلِ، فَأَتَيْتُهُ فَقُلْتُ: أَيُّ النَّاسِ أَحَبُّ إِلَيْكَ؟ قَالَ: «عَائِشَةُ». فَقُلْتُ: مِنَ الرِّجَالِ؟ فَقَالَ: «أَبُوهَا». قُلْتُ: ثُمَّ مَنْ؟ قَالَ: «ثُمَّ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ». فَعَدَّ رِجَالًا Amr ibn Os roziyallohu anhu shunday so‘zlab berdi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam meni Zotus-salosil qo‘shiniga bosh qilib yubordilar. U zotning huzurlariga kelib: «Odamlarning qay biri siz uchun eng sevimli?» dedim. «Oisha», dedilar. «Erkaklardan-chi?» dedim. «Uning otasi», dedilar. «Keyin kim?» dedim. «Keyin Umar ibn Xattob», deb turib, bir qancha kishilarni sanadilar».
Zotus-salosil – «zanjirli» degani bo‘lib, Madinadan o‘n kunlik masofada joylashgan, o‘sha davrdagi Shom hududiga qarashli qumlik joy nomi. U Vodil quro bilan Tabuk o‘rtasida joylashgan bo‘lib, hozir Saudiya Arabistoni hududiga kiradi. Sakkizinchi hijriy sananing jumodil-oxir oyida Zotus-salosilga sariyya yuborilgan va u o‘sha joy nomi bilan atalib qolgan. إِنَّ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمًا: يَا عَائِشَ، هَذَا جِبْرِيلُ يُقْرِئُكِ السَّلَامَ». فَقُلْتُ: وَعَلَيْهِ السَّلَامُ وَرَحْمَةُ اللهِ وَبَرَكَاتُهُ، تَرَى مَا لَا أَرَى. تُرِيدُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Oisha roziyallohu anho aytadi:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Oish! Mana, Jabroil senga salom aytmoqda», dedilar. Men: «Unga ham salom hamda Allohning rahmati va barakoti bo‘lsin! Men ko‘rmaydigan narsalarni ko‘ra olasiz-a», dedim».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni nazarda tutmoqda.
Izoh: Arab tilida ismni erkalash ma’nosida qisqartirib aytish keng tarqalgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Oisha onamiz roziyallohu anhoni «Oish» deyishlari ham shu qabildan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).عن عائشة، أن رسول الله -صلى الله عليه وسلم- قبلها وهو صائم، وقال: " إن القبلة لا تنقض الوضوء، ولا تفطر الصائم "، وقال: " يا حميراء، إن في ديننا لسعة Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘zador hollarida Oisha roziyallohu anhodan bo‘sa olib : “Bo‘sa tahoratni sindirmaydi, ro‘zani ham ochmaydi. Ey Humayro dinimiz juda keng” dedilar". عن عروة عن عائشة أن النبي صلى الله عليه وسلم قبل بعض نسائه ثم خرج إلى الصلاة ولم يتوضأ قال قلت من هي إلا أنت قال فضحكت Urva roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Oisha roziyallohu anho : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollardan ba’zilaridan bo‘sa oldilar, so‘ng tahorat qilmay namozga chiqdilar” dedilar. Shunda men “O‘sha ayol sizsiz-a?” dedim. Oisha roziyallohu anho kulib qo‘ydilar".
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot topayotgan vaqtda ham bemalol sajda qilgan holatlarida vafot topishlari mumkin edi. Lekin u zot ummatga muhabbat va vafoning ta’limini berib Oisha onamizning quchoqlarida vafot topganlar. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush