Sehrdan ximoyalanish

Assalomu alaykum! Onam sehrdan ko‘p azob chekiyapti. Uyimga sehr tashlab ketadi. Internetda ko‘rdim agar Yosin surasidan 9 oyatini qo‘lni suvga botirib shu oyatni yozib aralashtirib 70 marta shu oyatni o‘qib dam solib uyni tashqarisiga sepsa xodimi sehr kelolmas ekan va uyga qilgan sehrlar ta’sir qilmas ekan. Shu qachalik rost? Shunday qilsam mumkinmi? Uyni tozalayotgon va himoyalayotgon biron amalni yozing iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida Baqara surasi o‘qilingan joyda sehr ta’sir qilmasligini aytganlar. Ko‘proq Baqara surasini o‘qinglar. Ulamolar tajribadan kelib chiqib quyidagilarni o‘qishni tavsiya qilganlar. Ertalab va kechqurunda 11marta salovat keyin “Fotiha”, “Oyatul kursiy” va 4ta “Qul” bilan boshlangan suralarni va oxirida yana 11 marta salovat o‘qib dam solish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:24 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar