Kafforat ro‘zasi

Assalomu alaykum! Men kafforat ro‘zasini boshlagandim. Tugashiga 4-5 kun qolganda ramazon ro‘zasi kirib qoldi. Xozir ramazon ro‘zasini tutyapman. Savol: xayitni birinchi kuni og‘zim ochiq bo‘lsinmi yoki kafforatni davom ettiraymi? O‘zimni davom ettirgim kevotti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kafforatni 60 kun ketma ket tutish shart edi. Agar 55-56 kun tutganingizdan keyin ramazon kelib qolgan bo‘lsa shuncha kun tutganingiz naflga aylanib, ramazondan keyin yana boshidan 60 kun ketma ket tutib berishingiz kerak bo‘ladi. Ramazondan keyin tutishda qurbon hayitini ham hisobini oling. Hayt kunlari ro‘za tutib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 160 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar