Hadis eshitganda

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar yoshi ulug‘, keksalardan hadis eshitib qolaman va shu eshitgan hadis shubhali tuyilganidan qidiraman, so‘rab ko‘raman va topa olmagach sizlarga yuboraman. Oldingi savol kabi yana shunga o‘xshash hadis : Umar roziyallohu anhu halifalik davrlarida odilliklarini aytib bir kishi shunday dedi. “O‘zlarining farzandlarini "zino" ustida ushlaydilar va 100 darra urishga buyuradilar. U kishi 50 darrada o‘lib qoladi va qarz qiyomatga qolmasin deb yana 50 darra uradilar” degan mazmundagi rivoyat eshitgandim. Shu rostmi? Savoldagi imlo xato va eng asosiysi ilmsizligimga oldindan uzr so‘rayman!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن السائب بن يزيد قال: (خرج علينا عمر بن الخطاب فقال: إني وجدت من فلان ريح شراب فسألته فزعم أنه شرب طلاء، وأنا سائل عنه فإن كان يسكر جلدته الحد، فجلده الحد  أخرجه مالك في الموطأ
 Soib ibn Yazid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Tepamizga Umar roziyallohu anhu chiqib kelib, “Men falonchidan mayning hidini topdim. Undan so‘ragan edim, u tiloo ichganinini da’vo qildi. Men sizlardan u haqida so‘ramoqchiman. Agar u mast qiladigan bo‘lsa, unga had uraman” dedi va u kishiga had urdi.
Bu hadisni imom Molik “Muvatto” kitobida rivoyat qilganlar. Odamar Umar roziyallohu anhuning ushbu hadni o‘g‘illaridan qaysi birlariga joriy qilganlari haqida ixtilof qilganlar. Qaysi biri bo‘lmasin “Umar roziyallohu anhu qamchisidan o‘lgan” degan narsa sobit bo‘lgan emas. “Belgilangan miqdordan ortiq urdi” degan gap ham sobit bo‘lgan emas. Umar roziyallohu anhuning o‘g‘illari Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu “odamlar had urilgan bola Umarning tayog‘idan vafot topgan deyishadi. Holbuki undan vafot topgan emas” deganlar. “O‘ligining ustiga had urilgan” degan gap ham to‘qima va yolg‘on. Bundan tashqari xalq ichida o‘sha o‘g‘illari bir qizni zo‘rlagani haqida ham rivoyat bor. Bu ham to‘qima gapdir. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar