Boshqalardan yordam so‘rash
Assalomu alaykum! Yaxshilik ham musibat ham Alloh tomonidan keladi. Musibat kelganda Allohdan deb bilib Ungagina suyanamiz. O‘zingdan o‘zgaga muhtoj qilma yo Robbi, bandasidan emas Allohdan so‘rang deymiz. Lekin qarindosh-urug‘ va tanish bilishlardan ham yordam so‘raymiz. Musulmon kishini bunday holatda aqidasi, e’tiqodi qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Faqat Allohning qo‘lida bo‘lib, boshqalarni qo‘lidan kelmaydigan narsalarni bandasidan so‘rash Allohni tasarruf qilishida shirk keltirish deyiladi. Masalan Allohdan o‘zgadan farzand so‘rash, shifo so‘rash, rizq so‘rash kabilar. Ammo bandasini qo‘liga ham berilgan sabablarni bandasidan so‘rash shirk emas. Masalan qorni ochgan odam taom so‘rashi kabi. Kasal bo‘lgan odam muolaja qilishini so‘rashi kabi. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 172 | Aqiyda