Qazo qilgan amakivachchasining bevasiga uylanish
Hazrat, bir
tanishim qazo qilgan amakivachchasining bevasiga uylanmoqchi. Bevaning ikkita
farzandi bor. Uylanmoqchi bo‘lgan bola 1989-yil, ayol esa 1984-yil. Ayol otasinikida yashaydi. Bola ham o‘z otasinikida yashaydi va hali umuman uylanmagan. Bola o‘ziga yarasha ibodatda, undan yaxshi gumondamiz, ayol ham hijob va ibodatda undan ham yaxshi gumondamiz. Bolani bu qaroriga ayol va uni ota-onasi rozi. Lekin, bolani ota-onasi va qarindoshlari bu qarordan qat’iy norozi va qattiq qarshi bo‘lishmoqda. Ayniqsa bolani onasi qarshi va farzandidan juda ham hafa. Bolaga
«Uyingda to‘y qilib bir qizga uylan, keyin hohlasang, shu ayolni 2 chi ayol qilib nikohinga olib beramiz, sharoitingni qilib beramiz» deyishmoqda. Lekin bola bunga ham rozi emas. Shu ayolni nikohlashini qat’iy takidlab, ota-onasini gapiga kirmayapti. Savol: Hazrat, shu holatda qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ota va onasining gapiga kirsin.
26 May 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar