Allohda kayfiyat bormi

Assalomu alaykum! Qidirish xizmatidan qidirib topa olmadim. Men kecha bir tanishim bilan sal gap talashib qoldik. Meni bilgan eshitgan narsalarim bo‘yicha "Alloh makon va zamondan ustun zot. U Zotga makon va zamon isbot qilmimiz chunki ular maxluq va kayfiyatiga kirishmimiz va Allohga kayfiyat nisbat bermimiz va (laa kayf) Allohda kayfiyat yo‘q" degan e’tiqodda bo‘lish kerak Moturidiylar, lekin o‘sha tanishim "Allohda kayfiyat bor, qanaqaligini faqat Alloh biladi" dedi. Keyin yana bitta gap misol uchun "Mutashobih oyatlarni qanday kelgan bo‘lsa shunday tilovat qilamiz. Alloh o‘ziga nimani isbot qilgan bo‘lsa biz ham isbot qilamiz lekin kayfiyatiga kirishmimiz va Allohga kayfiyat isbot qilmimiz va kayfiyatini Allohga topshiramiz demimiz chunki shunday desak Allohda kayfiyat bor-u lekin biz bilmimiz degan gap chiqib qoladi" degan ma’nida gapirsam u tanishim "Kayfiyati bor, kayfiyatini Allohga topshiramiz deyish kerak faqat Alloh biladi kayfiyatini" dedi. Kimmi gapi to‘g‘ri bo‘ldi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha oyatlarga iymon keltiramiz va ilmini Allohga havola qilamiz deng bo‘ldi. Salaflarimiz shunday deganlar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 170 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar