Oqibat

Assalomu alaykum! Meni o‘zimni yaqin ukamdek bo‘lib ketgan bir tanishim bor edi. Yaqinda bir tanishimga Tavba qilmasimdan oldingi barcha gunohlarimni aytib "hozr masjidda birinchi qatorda o‘tiradi" deb ustimdan kulgandek qilibdi. Boshida ishonmadim keyin telefon qilib isbotlab ham berdi. Shundan keyin u tanishimdan ko‘nglim qoldi. Qaytib u bilan oqibat qilmoqchi emasman. Alloh uchun uni kechirib u bilan oqibatni uzmoqchiman. Agar shunday qilsam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lasiz. Mo‘min boshqa bir mo‘minni uch kundan ortiq gina saqlab tark qilib yurishi halol emas. U sizga yomonlik qilgan bo‘lsa uni afv qiling, balki uning yomonligiga yaxshilik bilan javob qaytaring.وعن أبي أيوب رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أن رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم قال: لا يحل لمسلم أن يهجر أخاه فوق ثلاث ليال: يلتقيان فيعرض هذا ويعرض هذا؛ وخيرهما الذي يبدأ بالسلام مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Musulmon kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydiIkkisi bir-biriga yo‘liqqanda bu ham uham bir-biridan yuz o‘girsa. Ikkisining yaxshisi birinchi bo‘lib salom berganidir. 
Muttafaqun alayh. وعن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال، قال رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: <تعرض الأعمال في كل اثنين وخميس فيغفر اللَّه لكل امرئ لا يشرك بالله شيئاً، إلا امرأ كانت بينه وبين أخيه شحناء، فيقول: اتركوا هذين حتى يصطلحا رَوَاهُ مُسْلِمٌAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Har dushanba va payshanba kunlari amallarni ko‘rsatiladi. Alloh taolo O‘ziga biror narsani sherik qilmagan barchani mag‘firat qiladi. Ulardan o‘zi bilan birodarining o‘rtasida “shahno”(bir biriga gina)si borlar mustasno. Alloh taolo (farishtalarga) “toki u ikkisi yarashmagunicha(gunohlarini) qoldiringlar” deydi” dedilar. 
Muslim rivoyati. وعن جابر رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال سمعت رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم يقول: إن الشيطان قد يئس أن يعبده المصلون في جزيرة العرب، ولكن في التحريش بينهم رَوَاهُ مُسْلِمٌJobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Shayton arab jazirasida namoz o‘quvchilar unga ibodat qilishlaridan umidini uzdi. Lekin o‘rtalariga fitna soliib, bir-biriga teskari qilishdan umidini uzgani yo‘q” dedilar. 
Muslim rivoyati. عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال، قال رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: لا يحل لمسلم أن يهجر أخاه فوق ثلاث، فمن هجر فوق ثلاث فمات دخل النار رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد على شرط البخاري ومسلمAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydi. Kim yarashmasdan uch kundan keyin vafot topsa, do‘zaxga kiradi” dedilar. 
Abu Dovud rivoyati.عن أبي خِرَاشٍ حدرد بن أبي حدرد الأسلمي، ويقال: السلمي الصحابي رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أنه سمع النبي صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم يقول: من هجر أخاه سنة فهو كسفك دمه رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد صحيحAbu Xirosh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kishi birodarini bilan bir yil gaplashmay yurishi uni qonini to‘kish kabidir” deyyotganlarini eshitdim – dedi. 
Abu Dovud rivoyati.عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أن رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم قال: لا يحل لمؤمن أن يهجر مؤمناً فوق ثلاث، فإن مرت به ثلاث فليلقه وليسلم عليه، فإن رد عليه السلام فقد اشتركا في الأجر وإن لم يرد عليه فقد باء بالإثم، وخرج المسلِّم من الهجرة رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد حسنAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Mo‘min kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydi. Uch kun o‘tganidan keyin birodari bilan ko‘rishsin, unga salom bersin. Agar salomiga alik olsa, savobga sherik bo‘lishadi. Agar alik olmasa gunohi zimmasiga bo‘ladi, salom bergan ginachilikdan chiqqan bo‘ladi.
Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

27 Sentabr 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 128 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar