Tuqqan ayol chilla vaqtida namoz o‘qishi

Assalomu alaykum! Men yaqinda tuqqan edim, hali chillam chiqmadi. Ammo nifosim tugagan. Bu vaqt ichida men namoz o‘qib boshlasam bo‘laveradim? Menga aytishlaricha o‘qib bo‘lmas ekan. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nifos to‘xtashi bilan namozni boshlashingiz farz. Odamlarda “bola tuqqan ayol 40 kun namoz o‘qimaydi” degan gap bor. Bu mutlaqo noto‘g‘ri, qon to‘xtashi bilan g‘usl qilib namozni boshlash kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar