Nifos qoni xaqida

Assalomu alaykum! Bilamizki ayol tuqqanidan keyin 40 kun nifos qoni keladi. Lekin 30 kundan keyin qon kelishi to‘xtasa ayol nima qilishi kerak? G‘usl qilib namoz o‘qiyveradimi? Qon to‘xtadi deb namoz o‘qisa va ro‘za tutsa 2 yoki 3 kundan keyin yana qon kelsa o‘qigan namozi va ro‘zasi nima bo‘ladi? Yoki qazosini o‘qiydimi? Javob uchun rahmat. Alloh ishlarizga baraka bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nifos qoni 40 kungacha keladi deyilganidan 40 kun kelishi shart deyilgani emas. Qachon to‘xtasa(ba’zilarda 1-2 kun kelib to‘xtashi mumkin. Keserova qilib olinganlarda kelmasligi ham mumkin) g‘usl qilib namozni boshlaydi. Ramazon vaqti bo‘lsa ro‘zasini ham tutadi. 1-2 kun o‘tib yana qon kelib qolsa, namoz va ro‘zani to‘xtatib turadi, qon to‘xtagach g‘usl qilib yana namoz va ro‘zaga kirishadi. Agar bu holat 40 kungacha davom etsa 40-kuni qon to‘xtamasa ham g‘usl qilib namoz va ro‘zani boshlayveradi. U qon kasallik qoni bo‘ladi. Nifos kunlarida qoldirgan namozning qazosi o‘qilmaydi, ramazon ro‘zasining qazosini tutib beradi. Vallohu a’lam!

22 Aprel 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 316 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar