Saharlikda og‘iz yopish

Assalomu alaykum! Ustozlar, ramazon oyida ba’zida saxarlik qilib og‘izni yopayotgan vaqtimizda yoshi katta amakilarimiz saxarlikni 15-20minut kechikib bo‘sayam yopsa bo‘laveradi ota bobolarimiz paytida minutigacha to‘g‘ri yopishmaganku degan gaplarni eshitib qolamiz. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-bobolarimiz dunyoviy savodlari bo‘lmasada ufq, yulduz va oyga qarab, qachon tong otganini, hatto dengizda bo‘lsalar ham qaerda turganlarini juda yaxshi bilishgan. Ular “erdan quyoshning oltidan bir bo‘lagi ko‘tarilganda” degan gaplargacha aytib o‘tishgan. Ulardan keyingilar u narsalarni bilmay siz aytgan gaplarni gapirishni boshlaganlar. Ularda avvalgilarning ilmi ham hozirgilarning ilmi ham bo‘lmagan. Bamdod vaqti kirganidan keyin yarim daqiqa o‘tkazib taomlanish ham joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 05:09 | Savol-javoblar | 151 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar