Oldindan to‘lov olish

Assalomu alaykum! Men akfachiman buyurtma olib eshik deraza yasayman, asosan honadonlarga o‘rnataman. Savolim shuki, shu yasaladigan narsani narxini kelishib, oldindan shu pulni olsam (bazida hammasini) va shu pullarga material olib kelib yasab bersam to‘g‘rimi? Chunki menda u narsalarni olishga etarli pulim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha to‘g‘ri. O‘rtada kelishilgan narsani kelishilgan sifat va vaqtda qilishga va yolg‘on ishlatmaslikka qattiq e’tibor bering. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:40 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar