Dam solish xaqida dalil

Assalomu alaykum! Ma’lumki taom yoki suvga puflash mumkinmas. Qur’on suralarini o‘qib suvga dam solib ichishdan xam xo‘jayinim qaytaryaptilar. Qur’onning barokati bor mumkin deb aytsam, isbot xadis so‘rayaptilar. Shunga sizlardan so‘ramoqchiman. Mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar mumkin bo‘lmaganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ishni qilmas edilar. عَنْ ثَابِتِ بْنِ قَيْسِ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَنَّهُ دَخَلَ عَلَى ثَابِتِ بْنِ قَيْسٍ - قَالَ : أَحْمَدُ وَهُوَ مَرِيضٌ - فَقَالَ : " اكْشِفِ الْبَأْسَ رَبَّ النَّاسِ عَنْ ثَابِتِ بْنِ قَيْسِ بْنِ شَمَّاسٍ " ثُمَّ أَخَذَ تُرَابًا مِنْ بَطْحَانَ فَجَعَلَهُ فِي قَدَحٍ ثُمَّ نَفَثَ عَلَيْهِ بِمَاءٍ وَصَبَّهُ عَلَيْهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Sobit ibn Qays roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sobit ibn Qaysning oldiga kirdilar. – Ahmad: «U betob edi», dedi – Shunda u zot: «Odamlarning Robbisi, Sobit ibn Qays ibn Shammosdan shiddatni och(ketkaz)», dedilar. So‘ng «Bathon»ning tuprog‘idan olib bir qadahga soldilar. Keyin unga suv bilan dam urib, ustidan qo‘ydilar», dedi».
Abu Dovud rivoyat qilgan.عَنْ عَوْفِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا نَرْقِي فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَقُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، كَيْفَ تَرَى فِي ذَلِكَ؟ فَقَالَ: اعْرِضُوا عَلَيَّ رُقَاكُمْ، لَا بَأْسَ بِالرُّقَى مَا لَمْ يَكُنْ فِيهِ شِرْكٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ Avf ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Johiliyat davrida dam solar edik. Bas:
«Ey Allohning Rasuli, bu haqida nima deysiz?» dedik. Shunda u zot:
«Menga dam solishingizni ko‘rsating-chi? Modomiki, unda shirk bo‘lmasa, dam solishning hechqisi yo‘q», dedilar».
Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ  قَالَ: كَانَ لِي خَالٌ يَرْقِي مِنَ الْعَقْرَبِ، فَجَاءَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، نَهَيْتَ عَنِ الرُّقَى وَأَنَا أَرْقِي مِنَ الْعَقْرَبِ، فَقَالَ: مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمْ أَنْ يَنْفَعَ أَخَاهُ فَلْيَفْعَلْ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:609. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Mening bir tog‘am bor edi. Chayon chaqqanda dam solar edi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keldilar.
«Ey Allohning Rasuli, dam solishdan nahiy qildingiz. Men chayon chaqqanda dam solar edim», dedi u.
«Sizdan kim o‘z birodariga naf berishga qodir bo‘lsa, bersin», dedilar u zot».
Ikkisini Muslim rivoyat qilgan.

Imom Buxoriy va imom Muslim Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisi sharifda quyidagilar aytiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon yotar joylariga kirsalar, «Qul huvallohu ahad»ni va ikki «Qul a’uzu»ni o‘qib, kaftlariga dam solar va yuzlariga, badanlarining qo‘l etadigan joylariga surtar edilar».عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ إِذَا اشْتَكَى رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَقَاهُ جِبْرِيلُ، قَالَ: بِاسْمِ اللهِ يُبْرِيكَ، وَمِنْ كُلِّ دَاءٍ يَشْفِيكَ، وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ إِذَا حَسَدَ وَشَرِّ كُلِّ ذِي عَيْنٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallam betob bo‘lib qolsalar, u zotga Jabroil dam solar edi:
«Bismillahi yubriyka. Va min kulli daain yashfiyka. Va min kulli sharri haasidin iza hasad va sharri kulli zi aynin», der edi».
Muslim rivoyat qilgan.
Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Seni tuzatadigan va har bir dardingga shifo beradigan Allohning nomi ila, har bir hasadchining hasad qilgan paytidagi hasadning yomonligidan va har bir ko‘zi borning yomonligidan (panoh so‘rayman)».عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا اشْتَكَى يَقْرَأُ عَلَى نَفْسِهِ بِالْمُعَوِّذَتَيْنِ وَيَنْفُثُ، فَلَمَّا اشْتَدَّ وَجَعُهُ كُنْتُ أَقْرَأُ عَلَيْهِ وَأَمْسَحُ بِيَدِهِ رَجَاءَ بَرَكَتِهَا. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon toblari qochsa, mu’avvizataynni o‘qib, o‘zlariga dam solar edilar. U zotning dardlari og‘irlashganda men qiroat qilib, barakasi umidida qo‘llarini surtar edim».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Biz ham ushbu hadisi sharifga amal qilib, betob bo‘lganimizda mu’avvizataynni o‘qib, dam solishga odatlanishimiz lozim. Shuningdek, yaqinlarimiz betob bo‘lganlarida ushbu ikki muborak suralarni qiroat qilib, barakasi umidida qo‘llarimizni bemorlarimizga surtishga odatlanishimiz kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar