Ehson va sadaqa joizmi
Assalomu alaykum! Meni bir savol anchadan beri o‘ylantirib keladi. Onam bozorda savdogarla. Bozorga yoshi 60 dan oshgan ayol doim keladi. U kishining eri va kiyovi avto halokat sababli olamdan o‘tgan. Bir qizi va 3ta maktab yoshidagi nabiralari bor. O‘sha bitta qizi ham avto halokat tufayli bitta qo‘li ishlamay qolgan, lekin bilishimcha boshqa joylari sog‘lom. U 60 yoshli ayol ham soppa sog‘la. Ular qizi va nabiralari bilan bir begona sahiy insonning uyida yashashadi. Aytishicha nabiralari o‘sha honadonni mol holiga qarab yuradi. Qizi va onahonni o‘zlari ishlamaydila. Mani onam 55yoshda bo‘lsalar ham u ayol onamdan baquvvat lekin onam Allohimga cheksiz hamdlar bo‘lsin bolam, nabiram deb tinmay mehnat qiladilar. U onahon har hafta bozorga kelib, bozorda o‘zlariga yaqin bo‘pqogan 4ta 5ta (balki undanam ko‘p) do‘konlarga kirib, do‘kon egalari bilan dardlashadila. Dardlarini aytadila lekin manabu narsa kerak pul bering demasalayam maqsadlari aniq. Har bozorga kelganlarida choyhonachila ovqat, kiyim sotadiganla kiyim, boshqalari pul yoki boshqa narsala berishadi. Rahmatlar aytib, duolar qilib, olib ketadila va yana kelaveradila. To‘g‘ri ular haqqataman ehsonga muhtojdurla, lekin man onamga aytamanki: Onajon bu onahon sizdan baquvvatla, ishlasala bo‘ladiku, qizlariyam nimadur qilsa bo‘ladiku. Mana siz shu yoshdayam tinim bilmay ishlaysizku. Bu qiladigan ishlari tilanchilikni o‘zginasiku. Tilanchilik shariatga zidku. Kimdur uylariga borib ehson qilsaku mayli, lekin bu kishi o‘zlari kelayaptila. Manimcha kelganida boshqa bermaganiz maqul. Har kelganda nimadurlar berib o‘rgatib qo‘ydizlar, tilanchiga aylantirdizlar. Menimcha bu ish yahshi emas, deb aytdim. Onam ham o‘ylanib qoldila. Yana eski yirtiq va kir kiyimda keladila. Bozordegila yangi bersayam, kelasi safar yana shu ahvolda keladila. Onamla namoz kitobi berib, namozni o‘rganing, qizingiz ham o‘rgansinla, deganlariga 1 Yildan oshdiki hali ham namoz o‘qishmaydi. Faqat bozorda emas bilishimcha boshqa joylarga ham boradila. Bu masalaga echim topishga sizlardan boshqa so‘raydiganim yo‘q. Mani fikrim to‘g‘rimi ? Johillik qilib qo‘ymayabmanmi?(Astag‘firulloh) Yoki har kelganlarida nimalardir berishda davom etganimiz savobliroqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri mulohaza qilibsiz. Tilanchilikni kasb qilganlarga berilmaydi. Vallohu a’lam!
23 Sentabr 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 132 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri mulohaza qilibsiz. Tilanchilikni kasb qilganlarga berilmaydi. Vallohu a’lam!
23 Sentabr 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 132 | Halol va harom