Arenda yoki zamonaviy Kredit xaqida

:Bismilloh! Ustoz sizdan bir narsani so‘romoqchidim. Mana xozir texnika taraqqiy topgan,turli xil savdo-sotiq turlari rivojlanib ketgan Mana yaqinda xam uy jixozlari ,mashina yangi texnika va xakazolar ijaraga{yani kredit ga}berish ko‘payib ketgan masalan:bitta TV olmoqchiman. TV 250.000 so‘m turadi,lekin manda 100.000 so‘m bor tabiyki TV ga pulim etmaydi.mana shunaqa vaziyatdagi odamlarga Kredit beruvchilar oldindan 50%[xozir 25%joylari xam bor]oldindan naqt pul to‘lash orqali, qolganini esa 6 oy yoki 1 yil davomida to‘lash sharti bilanberishvotti,endi naqt olsangiz o‘sha TV 250.000 kreditga esa 50.000 yoki 60.000ga farq qiladi yani qimmatroq boshqa maishiy texnikalar xam xuddi shunaqa Agar bu foiz bo‘lsa xaromligi aniq,lekin bazi-bir birodarlarimaz bu foiz emas sovda-sotiq kelishilgan xolda deyishvotti bazilari bu foiz shuning uchun xarom degan fikrlarini bildirishdi. Xazrat shu masala haqida dalillar bilan misol keltisangiz man birodarlarimga etkazib qoyar edim Insha ALLOH.Xazrat ilimsizligim tufayli xatdagi bilmi qilgan xatolar uchun oldindan uzr so‘riman. ALLOH rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Narxni ma’lum vaktda bo‘lib – bo‘lib to‘lash sharti bilan bo‘lgan savdo.Agar sotuvchi, bu narsani nakdga ming so‘m, bo‘lib to‘lashga ming ikki yuz so‘mga sotdim deganda, xaridor, kabul kildim desa, savdo botil bo‘ladi. Ammo, bu narsani nakdga ming so‘mga, bo‘lib to‘lashga ming ikki yuz so‘mga sotaman deganda, xaridor, bo‘lib to‘lashga ming ikki yuz so‘mga oldim desa, savdo to‘gri bo‘ladi.Bu kabi savdoning to‘griligiga barcha mazxablar ittifok kilishgan.Narxni bo‘lib to‘lash sharti ila kilingan savdo bilan riboning orasida, agar bir oz o‘xshashlik bo‘lsa xam, fark katta. Chunki riboda bir taraf bergan narsaning o‘zi muddat mukobiliga ziyoda kilib kaytariladi. Misol uchun, bir kilo bugdoyni nakd berib turib, bir muddatdan keyin bir yarim kilo kilib oladi. Yoki ming so‘mni karzga berib turib ma’lum muddatdan keyin uni ming ikki yuz kilib oladi. Narxni bo‘lib – bo‘lib to‘lashda esa savdo molining narxi xozir ming so‘m bo‘lsa, bir yildan keyin ming ikki yuz degandek gap. Bu erda sotuvchi puli etmay turgan xaridorga engillik yaratib bermokda. Ko‘liga savdo molini tutkazmokda. Albatta, xozirning o‘zida ko‘lga tutkaziladigan mol keyin beriladiganidan afzal va kiymatrokdir.

22 Aprel 2022, 21:47 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar