Ushbu rivoyatga tushuntrish

Assalomu alaykum! Ibn Abbos (r.a) aytadi: Ibodat qiluvchining ibodati mukammal bo‘lmaydi, toki nikoh qilmagunicha. (uylanmagunicha). ▪️Izoh: Uylanmagan insonning ichida shunday bir o‘t bo‘ladiki, u o‘t, uning hayotiga, ibodatiga, butun ishlariga zarar berib turadi. U o‘tni faqatgina uylangandan keyin ayoli o‘chiradi. Keyin ishlari joyiga tushib ibodatlari mukammal bo‘ladi. Bu savolni bir kanaldan oldim. Ushbu narsa to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uylanganning fazli haqidagi hadislardan biri quyidagi: عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ تَزَوَّجَ فَقَدِ اسْتَكْمَلَ نِصْفَ الْإِيمَانِ فَلْيَتَّقِ اللهَ فِي النِّصْفِ الْبَاقِي رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ وَالْبَيْهَقِيُّ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim uylansa, batahqiq, iymonining yarmini mukammal qilibdi. Qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin», – dedilar».
Tobaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilganlar. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Vallohu a’lam!

6 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar