Ayollarga namoz farz emasmi
Assalomu alaykum! . Menga aytishdiki ayol kishiga 5 mahal namoz farz emas.... Ayol kishi erini rozi qilish, oila azolarining hizmatini to‘la to‘kis ado etish orqali besh mahal namozning savobini oladi va inshoAlloh jannatga kiradi.... Agar namoz o‘qisa eri va oila hizmatidan chalg‘ib namozga berilib ketadi – emish. Bu fikir qanchalik to‘g‘ri? Javob uchun oldindan rahmat....
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu gapni aytgan odam tez tavba qilsin, kofir bo‘lib qoladi. Chunki namozni Alloh taolo farz qilgan va u qat’iy dalillar bilan sobit bo‘lgan. Uni inkor qilgan inson kofir bo‘ladi. Hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qiladilar: إذا صلِّت المرأة خمسها، وصامت شهرها، وحفظت فرجها، وأطاعت زوجها، قيل لها: ادخلي الجنة من أيِّ بابٍ شئت Ya’ni: “Ayol besh vaqt namozini o‘qisa, (yilda) bir oy (farz) ro‘zasini tutsa, o‘z farjini haromdan saqlasa va eriga itoat qilsa, unga “jannatning istagan eshigidan kir”, deyiladi” (Tabaroniy rivoyati). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 15:58 | Savol-javoblar | 166 | Ayollarga oid masalalar