Beverli, Marin Xels, Ganolarda ishlash

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda, tarmoqli marketing ommalashib boryapti. Asosan, Beverli, Marin Xels, Gano va boshqalar. Bular maxsulot sotishadi va shuni evaziga biznes taklif qilishadi. Biznesga qo‘shilgan odam binar (ikkilik) bo‘yicha odam taklif qilib, malumot berish evaziga (boshqalarni taklif qilish) pul olishadi. Ustoz Isxok Muxammad xar qanday tarmoqli marketing turi xarom dedilar. Shu tarmoqda ishlovchilar esa xalol deyishadi. Yuqorida aytgan tarmoqli marketin turi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hammasi joiz emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 184 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar