Harom pulga ochilgan ishxonada ishlash
Assalomu alaykum! Bunga ӯxshash savol-javoblardan ӯqib chiqdim. Lekin bu holatda ozgina farq borligi uchun savol berishga qaror qildim. Haromdan topilgan pulga ochilgan mebel ishlab chiqarish tsexi bor. Shu tsexda ustalar ishlashadi. Tsex tomonidan: uskunalar, buyurtma olish, ishlab chiqarish mahsulotlari, oziq-ovqat. Ustalardan mehnat. Tsexning xarojotlari hamda ustalar maoshi, eb ichishi mijozlar buyurtmalaridan tushgan foydadan. Savollar quyidagilar: 1. Shu ishlab chiqarish tsexida namoz ӯqishning, ishlashning va shu tsexdan eb-ichishning hukmlari qanday? 2. Bu erda oldingi olgan oylik va egan luqmalari nima bӯladi? 3. Agar shu tsexdan olgan maoshidan usta boshqa tijorat ochgan bӯlsa, buni hukmi qanday? Agar harom bӯladigan bӯlsa qanday yӯl tutish kerak? 4. Bu sexdan oylik olmasdan, emasdan, hunar ӯrganish mumkinmi? Yoki harom pul bilan ochilgan sexni rivojiga hissa qӯshgan bӯladimi? 6. Boshqa odam harom pullarga ochilgan shu va shunga ӯxshash tijoratga buyurtma olib berishi yoki boshqa xizmat kӯrsatishi mumkinmi? (Albatta haq evaziga)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo o‘sha korxona haqiqatdan ham harom pulga ochilganmi yoki yo‘qmi hamda u aynan qay yo‘l bilan kelgan pul ekanini aniqlab, o‘rganib chiqish kerak. Siz harom deb o‘ylayotgan narsa aslida harom bo‘lmay chiqishi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin. Agar haqiqatan harom bo‘lgan taqdirda u erda sarmoyaning haromligini bilib turib ishlash va oylik olish durust emas. Bilmay ishlab yurgan bo‘lsa o‘sha bilgan kuniyoq to‘xtashi kerak. Ungacha olgan oyligi harom deyilmaydi. Vallohu a’lam!
20 Dekabr 2023, 16:45 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom