Xaridor uchun halolmi?

Assalomu alaykum! Bozorda sotuvchidan 3-4 ta narsa sotib olinsa, savdolashganda sotuvchi molini o‘zi bilmagan holda kelishilgan narxdan arzon narx so‘rasa (masalan bitta moli 5000 so‘m, ikkinchisi ham 5000 so‘m, uchinchisi 3000 so‘m, lekin sotuvchi "aslida 11 ming, mayli siz 10 ming beraqoling" desa) xaridor sotuvchi adashganini bilib turib, indamasdan aytgan narxga olib ketaversa, bu buyumlar xaridor uchun halolmi? Agar u maktab uchun ehson tarzida xarid qilingan narsa bo‘lsachi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol emas. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar